• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
HR mutaxassislarining malakasi oshirildi

Joriy yilning 22–24-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va xodimlarni ma'murlash departamenti hamda Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda vazirlik tizimining hududiy va tarkibiy bo‘linma tashkilotlarining HR bo‘yicha mutaxassislari uchun “Moliya vazirligida Inson resurslarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mutaxassislari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari hamda boshqa tegishli tashkilotlarning HR sohasidagi malakali mutaxassislari jalb etildi.

E'tiborli jihati shundaki, seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va uni amaliyotda qo‘llash tartibi, nomzodlarning murojaatlar statistikasi hamda xodimlar bilan ishlash mutaxassislari tomonidan nomzodlarni saralab olishda yuzaga keladigan muammolar, yagona milliy mehnat tizimini shakllantirish hamda Inson resurslarini boshqarishda kompetensiyaviy yondashuv va assissment markaz baholash usullari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 

Shuningdek, o‘tkazilgan taqdimotlar orqali Inson resurslarini rejalashtirish, malakali kadrlarni tanlash, xodimlar ish faoliyatini oshirish, rag‘batlantirish, imtiyozlar joriy etish, xodimlar qo‘nimsizligini kamaytirish, mehnat faoliyatini yanada rivojlantirish singari turli yo‘nalishlarda bilim va tavsiyalar berildi, seminar ishtirokchilari bilan birgalikda savol-javoblar o‘tkazildi, kelgusi faoliyat uchun foydali takliflar bildirildi.

Ta'kidlash joizki, seminar yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, uning so‘nggi kunida HR mutaxassislarining bilim va ko‘nikmlarini doimiy oshirib borish, amaliy bilimlarni nazariy bilimlar bilan mustahkamlash maqsadida tinglovchilarga “Inson resurslarini boshqarish” darsliklari, “Rekrutment” o‘quv qo‘llanmalari hamda malakasini oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

Moliya vazirligi 

Axborot xizmati

27.12.2021
480
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов