• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi mutaxassisi ishtirokida hududiy gʻaznachilik tizimidagi xodimlar bilan davra suhbati tashkil etildi

        Joriy yilning 15-aprel kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida “Gʻaznachilik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, budjet mablagʻlarini boshqarishdagi gʻaznachilikning samarali jihatlari” mavzusida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati gʻaznachilik xizmati hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limi mutaxassislari uchun Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Moliyaviy majburiyatlar ijrosi boshqarmasi bosh mutaxassisi Qurbonov Alisher Allanazarovich tomonidan olib borildi.

Yangi Oʻzbekistonning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohot va oʻzgarishlar bevosita moliya tizimida, aynan gʻaznachilik xizmatidagi oʻzgarish va islohotlarga ham tegishlidir. Shu nuqtayi nazardan, malaka oshirayotgan mutaxassislarga tizimdagi amalga oshirib kelinayotgan islohotlarning maqsadi hamda erishilgan natijalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Bu islohotlar, avvalo, sohadagi kadrlar salohiyatini oshirish va bajariladigan ishlarni raqamlashtirish bilan bevosita bogʻliq.

 Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 47-son “Budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni singari meʼyoriy-huquqiy hujjatlar budjet ijrosida samarali boshqaruvni va moliyaviy nazoratdagi risklarni aniqlash, oldini olish choralari kabi tizimli oʻzgarishlar amalga oshirilishiga asos bo‘ldi.

Respublika miqyosida gʻaznachilik xizmatida amalga oshirilayotgan tizimli oʻzgarishlar, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, ish jarayonida raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, istiqbolda rejalashtirilayotgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soha mutaxassislari uchun ahamiyatli boʻldi. 

Hududlardagi gʻaznachilik xizmati mutaxassislarining budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi jarayonidagi rejalashtirish, kassa ijrosini taʼminlash va nazorat bosqichlari kabi amaliyotda ko‘p uchraydigan muammoli vaziyatlar va savollariga qoʻmita mutaxassisi tomonidan tushuntirishlar va misollar orqali javob berildi.

 

15.04.2025
95
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2025
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов