• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining bilimi oshirilmoqda

      Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni (OʻRQ-931-son) joriy yilning 5-iyunida qabul qilingan boʻlib, uning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–210-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi doirasida 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning 27-bandida davlat xaridlarida va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish va tartibga solish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun onlayn oʻquv trening oʻtkazish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun “Davlat xaridlari va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish” mavzusida onlayn oʻquv trening oʻtkazish reja-grafigi tasdiqlandi.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 20-avgustidan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari va byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazi tomonidan reja-grafikga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun davlat xaridlari va boshqa budjet moliyaviy xarajatlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish va ularni tartibga solish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etib kelinmoqda.

   Seminar-trening mobaynida “Davlat xizmatchilari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi va uni oldini olish masalalari” mavzusida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ulugʻbek Abruyev, “Davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish” mavzusida Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat xaridlari siyosati departamenti bosh mutaxassisi Dilfuza Uroqova va “Davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyish holatlari boʻyicha aniqlanayotgan qonun buzilishlari” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish shuʼbasi yetakchi inspektori Shaxzod Soliyevlar taqdimotlar oʻtkazishdi.

 Seminar-treningda davlat organlari va tashkilotlarining xodimlari “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunning mazmun va mohiyati, davlat xizmatchilari faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvi, davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyish holatlari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan asoslantirilgan javoblar olishdi hamda mavzular doirasida fikr almashishdi.

Yakunda, ishtirokchilar seminar-trening juda qiziqarli oʻtganligini, asosiysi foydali boʻlganligini va bunday tadbirlar davlat organlari va tashkilotlarda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikga, ayniqsa davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olishga xizmat qilishini eʼtirof etishdi.

Seminar-trening davlat organlari va tashkilotlar (vazirliklar, idoralar va ularning ijro etuvchi hokimiyat organlari, Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va shahar hokimliklari, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar, davlat unitar korxonalari) xodimlari uchun joriy yilning 28-avgustigacha davom etadi.

22.08.2024
329
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов