• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yil 1-yarim yilligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari to‘g‘risida

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilning 1-yarim yilligida Ish reja, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining topshiriqlari asosida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi 2010 tasi (79%) byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida 81,7 mlrd.so‘m miqdorida byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi xolatlar aniqlandi.
Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablag‘larning 57,4 mlrd.so‘mi (70%) tegishli byudjetlarga tiklanishi ta’minlandi.
Hisobot davrida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklarning tahlili vazirliklar bo‘yicha quyidagilarni tashkil etdi:
Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 297 ta nazorat tadbirlarining 235 tasida 21,5 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (9 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,5 martaga oshgan.     
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 285 ta nazorat tadbirlarining 205 tasida 14,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (6,1 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,3 martaga oshgan.
Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 151 ta nazorat tadbirlarining 119 tasida
 6,9 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (4,3 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.
Madaniyat vazirligi tizimida o‘tkazilgan 170 ta nazorat tadbirlarining 162 tasida 2,6 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (1,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari qariyib 2 martaga oshgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida o‘tkazilgan 168 ta nazorat tadbirlarining 154 tasida 2 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (0,5 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 3,4 martaga oshgan.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 33 ta nazorat tadbirlarining 29 tasida 1,4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 18 ta nazorat tadbirlarining 15 tasida 0,9 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (0,4 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2 martaga oshgan.
Bundan tashqari, hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida o‘tkazilgan 85 ta nazorat tadbirlarining 78 tasida 4 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019-yilning mos davriga (2,8 mlrd.so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.
Shuningdek, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari Andijon (8,9 mlrd.so‘m), Qashqadaryo (8,2 mlrd.so‘m), Toshkent (6,2 mlrd.so‘m), Jizzax (5,5 mlrd.so‘m), Surxondaryo (5,4 mlrd.so‘m), Namangan (4,6 mlrd.so‘m), Farg‘ona (4,4 mlrd.so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahri (7,9 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,5 mlrd.so‘m)dagi byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda aniqlangan.
Byudjet qonunchiligi buzilgan byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o‘rnatilgan tartibda 35 mln.so‘m miqdorida jarima tortilgan.
Shuningdek, 1 246 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 79,4 mlrd.so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.


 

17.07.2020
208
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов