Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va Moliya vazirligi huzuridagi Oʼquv markazi hamkorligida “Davlat moliyaviy nazorati boʼyicha uslubiy ishlarni tashkil etish masalalari” mavzusida onlayn davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʼquv markazining masofaviy malaka oshirish kurslarida malaka oshirayotgan tinglovchilari, yaʼni Uslubiy ishlar, moliyaviy nazoratni tashkil etish va sifatini baxolash boʼlimi bosh nazoratchi-taftishchilari uchun Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti bilan hamkorlikda “Davlat moliyaviy nazorati boʼyicha uslubiy ishlarni tashkil etish masalalari” mavzusida onlayn davra suhbati oʼtkazildi.
Ushbu davra suhbati Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining “Uslubiy ishlar, moliyaviy nazoratni tashkil etish va sifatini baxolash” boʼlimi boshligʼi
Fayzulla Pardaevich Berdiev hamda Oʼquv markazining “Davlat moliyasi” kafedrasi katta oʼqituvchisi Nasiba Аripovalar tomonidan olib borildi.
Davra suhbatida Davlat moliyaviy nazorati boʼyicha hisobot shakllari va ularni topshirish muddatlari boʼyicha eʼtibor qaratilishi kerak boʼlgan masalalar, ushbu boʼlimga yuklatilgan vazifalar, ishlarni yaxshilash va tartibga solish masalalari muxokama qilindi. Shu bilan birga, tinglovchilar tomonidan masofaviy malaka oshirish kurslari haqida fikrlar bildirildi, ishtirokchilar va tinglovchilar tomonidan sohaga oid savollar hamda amaliy takliflar berildi.
