2019-yil 2–4-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi o‘rtasida 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik dasturiga binoan“Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining ilmiy-tadqiqot moliya instituti” federal davlat muassasasi tomonidan 2019-yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasiga muvofiq “Davlat moliyasini boshqarish” mavzusida seminar o‘z ishini boshladi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘quv markazining ilmiy-pedagoglar hamda Moliya ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari ishtirok etmoqda.
Seminarda O'zbekiston Respublikasida byudjet-soliq tizimini takomillashtirishga oid masalalar, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida o‘tkazilgan tadqiqotning ikkinchi yil natijalarining taqdimoti va ushbu taqdimot yuzasidan ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.