2020 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (XBF, IFAC), Jahon banki, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assosiasiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi auditning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini keng joriy etish, hamda ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarini har tomonlama muhokamasiga bag‘ishlandi.

2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tomonidan nashr etiladigan Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiradi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash bo‘yicha milliy qonunchilikda ishlar olib borilmoqda.
Uchrashuv jarayonida Moliya vaziri o‘rinbosari D.Sultanov, xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va audit tizimini kelgusidagi rivojlanishi haqida ta'kidladi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar (XBFning katta texnik menejeri Mariya Chuvasheva, xalqaro tashkilotlar moliyaviy konsultanti Jon Xuper, Jahon bankining moliyaviy boshqaruv bo‘yicha katta mutaxassisi Natal'ya Manuilova) MDH davlatlarida xalqaro standartlarni joriy qilish tajribasi amaliyoti va ularni qo‘llash jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal etishga doir tajribalari bilan bo‘lishishdi.
Uchrashuv yakunida qatnashchilar xalqaro standartlarni qo‘llashda ilg‘or tajribadan foydalanish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik muhimligini ta'kidladilar.

Ma'lumot uchun:
Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (XBF) – buxgalter kasbi vakillarining butunjahon professional tashkiloti, 1977 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, jahonning 130 mamlakatida 175 haqiqiy va uyushgan a'zolarga ega bo‘lib, o‘z saflarida davlat sektori, sanoat, savdo, davlat sektori va ta'lim muassasalarida band bo‘lgan uch million nafar ommaviy amaliyotdagi buxgalterni birlashtirgan.
XBF bosh vazifasi jamiyat manfaatlariga xizmat qilish bo‘lib, yuqori sifatli xalqaro standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish va joriy etishga o‘z hissasini qo‘shish, kuchli professional buxgalterlik tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi, hamda professional buxgalterlar tomonidan yuqori sifatli amaliyotlar qo‘llanilishiga o‘z hissasini qo‘shish, butun jahonda professional buxgalterlarning mavqei yuksalishiga ko‘maklashish, buxgalterlik kasbi sohasida masalalar yuzaga kelganda jamiyat manfaatlariga rioya etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Manba: Mf.uz