• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
“Budjet jarayonida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

         2021-yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti hamda Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan “Budjet jarayonidagi o‘zgarishlar” mavzusida onlayn davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbati  Moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti bo‘lim boshlig‘i Artikov Baxtiyor Mahkamovich, Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi xodimlari hamda Tuman (shahar) Moliya bo‘limlarining Mahalliy budjetni shakllantirish va budjet tashkilotlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari, Tuman (shahar) Moliya bo‘limlarining Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy etish va tomorqa yerlarini rivojlantirish sho‘basi mutaxassislari va Moliya bosh boshqarmasi Kommunal va yo‘l xo‘jaligi, obodonlashtirish va narxlarni shakllantirishni rivojlantirish tadbirlarini moliyaviy ta’minlash bo‘limi boshlig‘lari lavozimidagi tinglovchilar ishtirokida olib borildi.

Mazkur davra suhbati Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan.  

Davra suhbatini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad,  budjet jarayonidagi  islohotlarga oid jarayonlarni tinglovchilarga yanada kengroq yoritish, budjet jarayonini samarali ijrosini ta’minlash borasidagi ish faoliyatlarida samarali qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish, budjet jarayoni yuzasidan olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, xato va kamchiliklarni oldini olish borasida fikr almashishdan iborat.

Tadbirda bo‘lim boshlig‘i Artikov Baxtiyor Mahkamovich o‘z maruzalari bilan ishtirok etdilar. Davra suhbatida:

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 506-sonli “2020–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan vazifalar;

– O‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayoni bosqichlari, qadamma-qadam amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tinglovchilar tomonidan budjet so‘rovini avtomatlashtirilgan tarzda taqdim etish bilan bog‘lik qator savollarga javoblar berildi, o‘rta muddatli budjetni tayyorlash jarayonida va qadamma-qadam amalga oshirilgan ishlarda moliya organlari xodimlari, ayniqsa, yosh kadrlarning mas’uliyatini oshirishga doir masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

11.08.2021
556
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов