Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2022-yilda amalga oshiriladigan tasdiqlangan ishlar rejasining 6-bandida, tizim xodimlarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantiruvchi trening, oʻquv kurslari hamda davra suhbatlari tashkil etish belgilangan.

Faoliyat jarayonnini samarali boshqarish uchun qarorning maqbul varianti, ya’ni moliyaviy resurslarni oluvchi, moliyaviy resurslarni beruvchi, moliyaviy axborot, moliyaviy holat, xarajatlar maqsadi, moliya organning strategik vazifasi kabi xossaviy manfaatdorlik o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim.

Moliya tizimida boshqaruvda, shu jumladan strategik boshqaruvni amalga oshirish borasida xavf, xatar va tahdidlar turli ko‘rinishlarda “zamonaviylashuvi”, “intellektuallashuvi” natijasida yangicha yondashuvni talab etmoqda. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, uslubiy muammolarni aniq ta’limotlar asosida o‘rganishni taqozo etadi. Shu bois, faoliyat jarayonida qaror qabul qilishda vaziyatni (holatni) diagnostikasini, prognozini amalga oshirish talab etiladi. Buning uchun aniq o‘lchov birligiga ega bo‘lgan usulladan vosita sifatida foydalanish talab etiladi.
Moliya Vazirligi tizimi xodimlarining mazkur yo’nalishda bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida O‘quv markazi miqyosida 2022 yil 19 avgust kuni Moliya bo‘limi mudiri va Tuman (shahar) Moliya bo‘limlarining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijrosini monitoring qilish, budjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash hamda budjetlararo munosabatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari guruhi tinglovchilariga “BOShQARUVDA QARORLAR QABUL QILISh” mavzusida trening tashkil etildi va trening ishtirokchilarining samarali qarorlar qabul bilim va ko’nikmalari zamonaziy metodlar yordamida rivojlantirildi.
