2021 yil 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti hamda Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi hamkorlikda “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonuni loyihasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Davra suhbatida Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti mutaxassislari, Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazi xodimlari, Tuman (shahar) moliya boʻlimlarining Byudjet daromadlarini mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlar boʻlimi mutaxassislari hamda Tuman (shahar) moliya boʻlimlarining Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish shoʻbasi mutaxassislari onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Mazkur davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
2021–2023 yillarga moʻljallangan strategiyasi ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil etildi.
Davra suhbatini tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad – byudjet jarayonidagi islohotlarni yanada kengroq yoritish, 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonuni loyihasida nazarda tutilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlar, davlat byudjeti daromadlari koʻrsatgichlari hamda soliq stavkalaridagi oʻzgartirishlar haqida maʼlumotlar berish, davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar borasida fikrlar almashishdan iborat.
Davra suhbatida Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori oʻrinbosari Usmonov Qaxramon Akbaraliyevich maʼruza bilan ishtirok etib, quyidagi yoʻnalishdagi masalalar boʻyicha batafsil maʼlumot berdi:
- asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlar tahlili;
- soliq stavkalaridagi oʻzgartirishlar;
- 2020-2022-yillar uchun davlat byudjeti daromadlari.
Davra suhbati davomida vazirlik tizimi xodimlari tomonidan berilgan savollarga asosli javoblar berildi, ayniqsa qoʻshimcha daromadlarni aniqlashda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar hamda bunda moliya organlari xodimlarining vazifalariga doir masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
