• Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
  • Saytda texnik ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. •
O'zbek
Русский

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0 % ga kattalashtirish
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Ma'lumot uchun
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
    • Umumiy ma'lumotlar
    • Markaz tuzulmasi
    • Maqsad va vazifalar
    • O‘quv-uslubiy bo‘lim
    • Tahririy faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
    • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Bolalar uchun moliyaviy lug‘at
    • Ishonch telefon raqami
  • Interaktiv xizmatlar
    • Masofaviy portal
    • Ichki platforma
    • Elektron kutubxona
  • Kafedralar
    • Buxgalteriya hisobi va axborot texnologiyalari kafedrasi
    • Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi
    • Davlat moliyasi kafedrasi
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
  • Bosh sahifa
  • Posts
2019 YIL YAKUNI BO’YICHA KUTILAYOTGAN MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR

I. 2019 yil yakunlari bo’yicha dastlabki baholarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga o’sib (2018 yilda 5,1 foiz), 524,0 tlrn. so’mni (58,3 mlrd. dollarni) tashkil etishi kutilmoqda.

Iqtisodiy o’sishga asosan ichki omillar, xususan, yalpi ichki talabning ortishi ta’sir ko’rsatmoqda.

2019 yilda yalpi ichki talabning ortishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

a) Iqtisodiyotga kapital qo’yilmalar hajmi 28,6 foizga o’sishi kutilmoqda, jumladan:

- markazlashgan davlat investitsiyalari 52,3 trln. so’mni tashkil etib (Davlat byudjeti, O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, Hukumat va uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar) 2018 yilga nisbatan 23 foizga o’sishi kutilmoqda;

- to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilarli o’sib, 2,0-2,5 mlrd. AQSh dollariga etishi kutilmoqda;

b) Ekspansion fiskal siyosat olib borilmoqda va natijada konsolidatsiyalashgan byudjet defitsiti (davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari bilan birgalikda) yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,3 foizni (2018 yilda 0,5 foiz profitsit) tashkil etishi kutilmoqda;

v) Uy-xo’jaliklari real daromadlarining o’sishi kutilmoqda (2019 yilda 8 foiz) va bunga quyidagi omillar sabab bo’lmoqda:

- davlat sektorida ish haqining sezilarli darajada oshishi;

- jismoniy shaxslar daromad solig’i stavkasining 12 foizga keskin pasaytirilishi;

- iqtisodiyotdagi umumiy ish haqi darajasining o’sishi.

g) Iqtisodiyotga kreditlar hajmining 44 foizga o’sishi kutilmoqda (2018 yilda 50,2 foizga o’sgan).

Shu bilan birga, ayrim yirik savdo hamkor-mamlakatlarimizda iqtisodiy o’sish sur’atlarining sekinlashuvi hamda ba’zi eksport xom-ashyo tovarlari jahon narxlarining pasayishi natijasida tashqi bozor dinamikasining nisbatan pastligining saqlanishi kutilmoqda.

Yalpi ichki taklif tarafdan, iqtisodiy o’sish omillari bo’lib qurilish (yillik o’sish sur’ati 11,8 foiz), sanoat ishlab chiqarishi (6,4 foiz), xizmatlar (6,1 foiz) hamda qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik va baliqchilik sohalari (3,0 foiz) bo’lishi kutilmoqda.

II. 2019 yilda inflyatsiya darajasi 15,5 foiz atrofida bo’lishi kutilmoqda (2018 yilda 14,3 foiz). Shuningdek, inflyatsiyani jilovlash maqsadida 2020 yildan boshlab kreditlar hajmining YaIMning nominal o’sishidan ko’p bo’lmagan miqdorda o’sishini ta’minlash choralari ko’rilmoqda;

III. Joriy hisob operatsiyalari manfiy saldosi 6,5-7,0 foiz atrofida bo’lishi kutilmoqda (2018 yilda 7,0 foiz);

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 41,5 mlrd. dollarni (o’sish sur’ati 24,1 foiz – 2018 yilda 33,4 mlrd. doll.), jumladan, eksport – 18,0 mlrd. dollarni (Q28,7 foiz), import – 23,5 mlrd. dollarni (Q20,9 foiz) tashkil etadi;

IV. Oltin-valyuta zaxiralari 27,7 mlrd. AQSh dollariga etishi kutilmoqda (2018 yil yakunida 26,4 mlrd. AQSh dollarni tashkil etgan);

V. Davlat tashqi qarzi 15 mlrd. AQSh dollarini yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25,8 foizni tashkil etishi kutilmoqda (2018 yilda 9,9 mlrd. AQSh dollarini yoki YaIMga nisbatan 19,6 foizni tashkil etgan).

Shuningdek, 2020 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuni doirasida Hukumat nomidan va uning kafolati ostida imzolanadigan tashqi qarz bitimlarini 4 mlrd. AQSh dollari qiymatida cheklash nazarda tutilgan.


Manba: Mf.uz

22.12.2019
159
Chop etish
O'xshash yangiliklar
KOMMUNAL-XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARI AMALGA OSHIRISH JADALLASHTIRILMOQDA
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat budjetining 2019 yil I yarim yillikdagi xarajatlari miqdori ma'lum qilindi
OSIYO TARAQQIYOT BANKI BILAN HAMKORLIKDA MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARI (IPSAS) BO'YICHA O'QUV SEMINARI
“MUSTAQILLIK – YOSHLAR TAQDIRIDA”
Janubiy Koreya prezidenti ishlab chiqarishga oʻz shaxsiy mablagʻini tikdi
Kategoriya
  • Davlat xaridlari markazi
  • Yangiliklar
  • Ichki Portal
  • Portal yangiliklari va e'lonlari
logo
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
Для информации
+998 (71) 239-19-18
info@tc.imv.uz
  • Markaz haqida
  • Interaktiv xizmatlar
  • Kafedralar
  • “Moliyachi ma’lumotnomasi” byulleteni
  • OBUNA 2026
  • Aloqalar va rekvizitlar
O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun
НАША ГЕОПОЗИЦИЯ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Darxontepa 7. e-mail: info@tc.imv.uz; tcmf@exat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi
  • Разработка веб сайтов